AQSh prezidenti Jo Bayden muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi, hozirda uning faoliyatini davom ettirayotgan Yuliya Navalnaya bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar yetakchisi AQSh Navalniyning o‘limi tufayli Putinga qarshi sanksiyalar joriy qilishini ta’kidladi.
Toshkentdagilar, asosan, Rossiya fuqarolari muxolifatchi, Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniyni xotirlashdi. Ular marhumni eslab, “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo”, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali va Kosmonavtlar maydoniga gullar qo‘yishdi.
16-fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. U 47 yoshda edi. “Gazeta.uz” xorijiy siyosatchilar va Navalniyning yaqinlari, shuningdek, O‘zbekistondagi jamoat faollarining munosabatlarini bir yerga to‘pladi.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.
Dunyoning turli shaharlarida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Rossiyada 100 dan ortiq odam piketlarda qatnashgani uchun hibsga olindi.
Moskvaning Lefortovo sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyni «firibgarlik» va «sudni haqoratlash»da aybdor deb topdi va uni 9 yilga og‘ir rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Siyosatchi 1,2 mln rubl miqdorda jarima ham to‘laydi.
Moskva shahar sudi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi, Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish jamg‘armasi va Rossiya muholifatchisi Aleksey Navalniyning hududiy shtabini ekstremistik tashkilotlar deb tan oldi.
Sud Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyga tayinlangan shartli hukmni qamoq jazosiga o‘zgartirdi — u 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Navalniy umumiy rejimdagi koloniyaga joylashtiriladi.
Rossiya bo‘ylab minglab odamlar muholifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ikkinchi marotaba yurishlar uyushtirishdi. 5 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olindi.
To‘rt oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytib kelishi bilan hibsga olindi. Uning samolyoti Vnukovo aeroportida qo‘nishi kerak edi, ammo bundan bir necha daqiqa oldin samolyot Sheremetevoga yo‘naltirildi. Navalniy pasport nazoratidan o‘tayotgan paytda hibsga olingan.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy unga suiqasd uyushtirganlikda gumonlanayotgan FSB xodimlaridan biri bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq suhbatini internetga joyladi. Navalniyning aytishicha, FSB xodimi unga suiqasd uyushtirilganligini tan olgan.
CNN, The Insider va Bellincat nashrlari tomonidan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Aleksey Navalniyga uyushtirilgan suiqasdda Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) qo‘li bor ekanligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunda 8 kishining qo‘li bor.
Yevropa Ittifoqi muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqador deb hisoblagan rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sayohat qilishni taqiqlash va Yevropa banklaridagi moliyaviy aktivlarni muzlatish kabi cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting